2019- yil 30-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun imtihonlari bo’lib o’tdi.
Imtihonlar O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2008-yil 13-avgustdagi 15-son bayonnomasi bo’yicha tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 21-avgust kuni 1844–son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to’g’risidagi nizom“ga muvofiq o’tkazildi.
Institut rektori M.Madazimov imtihonlardan oldin abituriyentlarni yig’ib, tartib–qoidalar va adolatlilik mezonlari haqida tushuncha berdi, barchaga omad tiladi.
Shundan so’ng, imtihonlar boshlandi. Dastlab test savollari solingan konvert abituriyentlar guvohligida ochildi. Imtihonlarni institut rektori M.Madazimov, qabul komissiyasi mas’uli S.Salohiddinov, ilmiy bo’lim boshlig’i G.Mamatxodjaeva va institut profeesoro’qituvchilari kuzatib bordilar.
Ikkinchi mutaxassislikka kirish istagidagi yigit-qizlar navbat bilan belgilangan vaqt oralig’ida test sinovlarini topshirdilar. Test sinovlari tartibli va xolis tarzda o’tkazildi.