alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Institutda 2020-2021 o‘quv yilidan kredit-modul tizimida o‘qitilish yo‘lga qo‘yiladi

16:49 17.06.2020

2020 yil 17 iyun kuni institutda ZOOM orqali onlayn tarzda “https://e-univer.adti.uz/ platformasiga joylashtiriladigan elektron o‘quv kurslariga qo‘yiladigan talablar” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tda.  Seminarda instiut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.SH.Arziqulov “Elektron ta’lim resurlari va ularni masofaviy ta’lim tizimi orqali o‘quv jarayonini tashkil etishdagi ahamiyati”, “I-EDU Group”mutaxassisi U.А.Mirzalimov “https://e-univer.adti.uz/ platformasiga joylashtiriladigan elektron o‘quv kurslariga qo‘yiladigan talablar”, institut o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Q.M.YUsupov “2019-2020 o‘quv yilini yakunlash va yangi 2020-2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik” mavzularida doklad qildilar.

O‘quv-uslubiy seminarda kafedralar o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar, moderatorlar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. Seminar qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tdi va seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar.

Seminarni o‘tkazishdan maqsad institutda 2020-2021 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari 1-kurslarida kredit-modul tizimida o‘qitilish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. SHu munosabat bilan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlashga yangicha yondashish talab etiladi.  Seminarda o‘quv-uslubiy majmualarni tarkibiy tuzilmasi, xar bir tarkibiy qismlarni tayyorlash va ularni elektron ta’lim platformasiga joylashtirishga qo‘yiladigan talablar atroflicha bayon etildi.
 

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!