alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

“Iste’molchilar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish va iste’molchi huquqi asoslari” mavzusida seminar

16:40 15.01.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida “Iste’molchilar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish va iste’molchi huquqi asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi. Andijon viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, Davlat Sanitariya Epidamologiya osoyishtaligi markazi, O‘zbekiston Ilmiy sinov va sifat nazorati markazining Andijon viloyati filiali tashabbusi bilan o‘tkazilgan seminarda institut talabalari va professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari va  blogerlar ishtirok etishdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalar xususida so‘z yuritildi. Seminarni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov kirish so‘zi bilan ochdi va mavzus yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Shundan so‘ng mavzu yuzasidan Andijon viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.B.Bahadirov, Andijon viloyati Davlat Sanitariya Epidamologiya osoyishtaligi markazi bosh shifokori Q.Q.Azizov, Andijon viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarma bo‘lim boshlig‘i D.SH.Sodiqov va O‘zbekiston Ilmiy sinov va sifat nazorati markazining Andijon viloyati filiali rahbari  B.M.Abdumuxtorov, ma’naviyat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi A.Asqarov va boshqa mutaxassislar ma’ruzalar qilishdi.

Ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun va mohiyati, iste’molchilar xuquqlarini Davlat tomonidan himoya qilinishi, ovqatlanish gigienasi va oziq — ovqat mahsulotlarini  yaroqlilik muddatlari va sifati,  oziq-ovqat maxsulotlarini sertifikatlashtirish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berishdi. Seminar davomida ishtirokchilar bilan iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish darajasini baholash yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazildi. Seminar ishtirokchilar va mutaxssislar o‘rtasidagi savol-javoblar bilan mazmunli va samarali o‘tdi.

Tan olish kerakki, iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish borasida qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar talaygina.  Andijon davlat tibbiyot institutida “Iste’molchilar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish va iste’molchi huquqi asoslari” mavzusida o‘tkazilgan seminar mana shu vazifalarni to‘la bajarish uchun turtki bo‘ladi degan umiddamiz.

ADTI axbort xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!