Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, turli ma’naviy–ma’rifiy tadbirlarga jalb etish, ayniqsa, talabalar o‘rtasida kitobxonlikka yanada havas uyg‘otish, kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada talabalar ADTI Axborot-resurs markazi xizmatidan samarali foydalanmoqdalar. Har kuni mazkur ziyo maskaniga yuzlab talaba-yoshlar tashrif buyurmoqdalar.
Institut Axborot –resurs markazi davolash fakultetining 3-bosqich talabalari uchun ham sevimli maskanga aylangan. Ular ilmiy adabiyotlardan foydalanish bilan birgalikda o‘zbek va chet el adabiyotining eng sara badiiy asarlarini ham qiziqish bilan o‘qib chiqib, dunyoqarashlarini boyitmoqdalar.Bu borada albatta, ARM xodimlari-kutubxonachilar ham talabalardan o‘zlarining beminnat yordamlarini ayamay, kerakli tavsiya va maslahatlarini berib kelmoqdalar.