alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

“Kitob va kitobxonlik – ma’naviyat ko‘zgusi”

15:41 28.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori Odiljon Salohiddinov tashabbusi bilan Andijon shahridagi 29-umumta’lim maktabida “Kitob va kitobxonlik – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda “Kitob insonga ham do‘st, ham hamroh”, “Oilada kitobning o‘rni”, “Kitob insonga qanday yashashni o‘rgatadi”, “Meni ulg‘aytirgan asar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir davomida professor O.Salohiddinov kitobning inson hayotidagi o‘rni, kitob ko‘p o‘qigan o‘quvchilar nimalarga qodir bo‘lishi, kitobxonlikka targ‘ib qilish yo‘llarini qiziqarli misollar bilan tushuntirib berdi.

O‘z navbatida o‘quvchilar ham o‘zlari yod olgan she’rlaridan o‘qib berishdi, qo‘shiqlar ijro etishdi, sahna ko‘rinishlari namoyish etishib tadbir ishtirokchilarini xushnud qilishdi.

Tadbir yakunida maktab direktori N.Umarova, ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Usmonova, o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Z.Ahmedovlar Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasiga maktab jamoasi nomidan minnaddorchilik bildirishdi.

Olam-olam taassurotlar bilan institut olimlarini kuzatgan o‘quvchilar qalbida ona tilimizga mehr, kitobga e’tibor, Vatanga sadoqat kabi tuyg‘ular yanada jo‘sh urganiga ishonchimiz komil.

Iqboljon Sattiboyev

ADTI yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!