2019 — yil 23 — avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot texnologiyalari markazida 2019-2020 o`quv yili uchun klinik ordinaturaga kirish uchun imtihonlarning 2 — bosqichi bo`lib o`tdi.
Kirish sinovlari jarayonlarini institut rektori M.Madazimov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor G’.Xodjimatov, klinik ordinatura ishlari bo`yicha mas’ul G. To’raeva, ilmiy bo`lim boshlig`i G.Mamatxo`jaeva, qabul komissiyasi mas’uli S.Salaxiddinovlar kuzatib bordilar.
Imtihon jarayonlari adolatli va shaffof tarzda tashkil etilib, abituriyentlar umumiy amaliyot shifokorlari yo`nalishida test sinovlarini belgilangan vaqt oralig`ida topshirdilar.
Test sinovlari tartibli va xolisona o`tkazildi.