2019 yil 23-24 oktiyabr kunlari Andijon Davlat tibbiyot institutining ilmiy kengashlar zalida VMOF, UASh malakasini oshirish va qayta tayyorlash kafedrasi va neonatologiya xodimlari tashkilotchiligida «Klinik tibbiyotning dolzarb masalalari haqida eskpertlarning fikri»- mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.
Anjumanga Rossiya Federatsiyasining Kazan neyrohirurgiya va tibbiy genetika Davlat tibbiyot universiteti nevrologiya kafedrasi mudiri t.f.d. professor Eduart Zakirzyanovich Yakupov; V.P.Komisarenko nomli Ukraina tibbiyot fanlari Ilmiy Akademiyasining Endokrinologiya va moddalar almashinuvi ilmiy tekshirish instituti profilaktik diabetalogiya bo’limi mudiri t.f.d. professor Boris Nikitovich Mankovskiy, A.Aliyev nomli Azarbaydjon Davlat vrachlar malakasini oshirish instituti terapiya kafedrasi mudiri t.f.d. professor Mirzazade Valex Agasafa o’g’li taklif etildi.
Anjumanda kafedra mudirlari boshchiligida barcha professor- o’qituvchilar va Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatlaridan kelgan malaka oshirish kursi tinglovchilari qatnashdilar. Anjuman yuqori saviyada, zamonaviy fan va amaliyot yutuqlaridan foydalangan holda o’tkazildi.
Gulchehra Nazarova,
ADTI UASh malakasini oshirish va
qayta tayyorlash kafedrasi mudiri