Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Ko‘ngil burchagi

13:51 05.02.2020

Mehr
Mayli, go‘zallikka bitaylik doston,
Mayli, muhabbatga fido bo‘lsin jon.
Lekin jindek mehr ko‘rgazsa yoring,
Ularning baridan afzaldir, ishon!
***
 Ustoz
Dedilar, dunyoda asli kim aziz,
Aytdilar, ustozdir, ustoz begumon.
Tag‘in aytdilarki, aziz shubhasiz
Ustozni qadriga yetolgan Inson.
***
Ona
Bir umr axtardim samimiyatni
Va uni onalar ko‘zida ko‘rdim.
Zaminda kimgadir topinmoqchiydim,
Uni ham onaning o‘zida ko‘rdim.

Abdulla Oripov

Перейти к содержимому Click to listen highlighted text!