Institut xalqaro hamkorlik bo‘limida koreyalik mutaxassislar bilan institutda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy–amaliy ishlar, xalqaro hamkorlik borasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida bugungi Andijon to‘g‘risida, ADTIning ta’lim, fan va innovatsiyalar, davolash ishlari bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, endoskopik xirurgiya yo‘nalishidagi hamkorlik ishlari borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
O‘zaro manfaatli hamkorlik kelishuvlaridan so‘ng, mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Mutaxassislar institut o‘quv-simulyatsion markazida bo‘lishib, bu yerdagi yaratilgan sharoitlar hamda amaliyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Simulyatsion laboratoriya xodimlariga va talabalarga o‘zlarining tavsiya va maslahatlarini berdilar.
Shundan so‘ng, Koreya delegatsiyasi institut ilmiy kengashlar zalida tashkil etilgan uchrashuvga tashrif buyurib, ularga tibbiyot sohasida ham xuddi avtomobilsozlik sohasidagi kabi istiqbolli hamkorlik aloqalari mustahkamlanishi borasida taklif-mulohazalarini, ko‘zlagan maqsadlarini bildirdilar.
Koreyalik yetakchi mutaxassislar 9-noyabrgacha shahrimizda bo‘lishib, talabalarga, magistrlar, kilinik ordinatorlar va soha mutaxassislariga ma’ruzalar o‘qiydi. Viloyatimizdagi nufuzli shifoxonalarda mahorat darslari o‘tkazadilar. Bemorlar ko‘ruvida ishtirok etishib, ularga o‘zlarining kerakli tavsiyalarini beradilar.