2019 yil 4 iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash – dolzarb masala” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini institut innovatsiya va ilmiy ishlar prorektori G‘.M.Xojimatov olib bordi, hamda bugungi kunda institutda bo‘lib o‘tayotgan qabul jarayoni, unda shaffoflik, oshkoralik va adolatlilik tamoyillariga amal qilish bunda har bir xodim, professor-o‘qituvchi yoki talaba hushyorlik va xolislik bilan ish tutishi lozimligi xususida gapirib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Dehqonov so‘zga chiqib, korrupsiya holatlarining salbiy oqibatlari, xar bir jarayonda adolatli va halol bo‘lish – tinch va osoyishta hayot manbai ekanligini ta’kidladi.