Kuchli, chaqqon, jasur va mard talabalar bahsi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Kuchli, chaqqon, jasur va mard talabalar bahsi

18:23 11.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiligining  28 yilligi hamda 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida sport musobaqalari o‘tkazildi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘z fakultetlari bo‘yicha jamoalar tuzishib musobaqalarda faol ishtirok etishdi. Kuchli, chaqqon, jasur va mard talaba yigitlar arqon tortish, armrestling va stol tennisi bo‘yicha bahslashdilar.

Bahslarni Zulhumor Abdullayeva rahbarligidagi reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati kuzatib borishdi.

Jamoaviy bahslarda davalash fakulteti talabalari g‘alaba qozonishdi. Armrestling va stol tennisi bahslarida ham kuchlilar qizg‘in bahs olib borishdi. Kuchli, chaqqon, jasur va mard talabalar bahsida yurtimiz o‘g‘lonlari Vatan himoyasiga munosib ravishda kamol topayotganliklarini ko‘rsatishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!