alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Magistratura mutaxassisliklari talabalarining qishki yarim yillik attestatsiyalari boshlandi

14:56 28.01.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida 29 ta mutaxassisliklar  bo’yicha magistratura talabalarining  qishki yarim yillik attestatsiya imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Mutaxassislik fanlaridan imtihonlar 2 bosqichda o’tkazilishi rejalashtirlgan bo’lib, dastlab har mutaxassislik bo’yicha institutning o’quv-simulyatsion markazida talabalarning amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bajara olishini baholanadi. So’ngra talabalarning o’z fani bo’yicha nazariy bilimlari institutning axborot texnologiyalar markazida test sinovlaridan o’tkazish bilan baholanadi.

2020-yilning 24-yanvar kuni institutning o’quv-simulyatsion markazida morfologiya, sud tibbiyoti, sport tibbiyoti, sog’liqni saqlashni boshqarish, yuqumli kasalliklar, psixiatriya. narkologiya, dermatovenerologiya mutaxassisliklari talabalari imtihonlarni topshirdilar.
25-yanvar kuni neonatologiya, pediatriya, bolalar kardiorevmatologiyasi, bolalar jarroxligi, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi, umumiy onkologiya, tibbiy radiologiya  mutaxassisliklari talabalari imtihonlarni topshirdilar.

27-yanvar kuni travmatologiya-ortopediya, neyrojarroxlik, akusherlik va ginekologiya, endokrinologiya, farmakologiya mutaxassisliklari talabalari imtihonlarni topshirdilar.
28-yanvar kuni nevrologiya, bolalar nevrologiyasi, oftalmologiya, urologiya, otorinolarigologiya mutaxassisliklari talabalari imtihonlarni topshirdilar.

Attestatsiya hay’atiga institut o‘quv ishlari prorektori A.Sh.Arziqulov raislik qilmoqda. Hay’at a’zorlari magistratura bo’limi boshlig’I, dotsent B.Q.Tursunov, anatomiya va OJTA kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qaxxorov, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri, dotsent R.Raxmonov, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, dotsent M.Bo’taboyev,  otorinoloringologiya kafedrasi mudiri, professor Q.Q.Qosimov, 1-UASHT kafedrasi mudiri, professor Z.S.Salohiddinov, oftalmologiya kafedrasi mudiri, professor A.F.Ikramov, psixiatriya va narkalogiya kafedrasi mudiri, dotsent M.L.Agranovskiy, travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri, dotsent J.T.To‘xtaev, bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, dotsent B.Mirzakarimov kabi tajribali professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘ldi.

Yarim yillik attestatsiyalar imtihonlarini adolatli o’tkazilishi va shaffofligini ta’minlash maqsadida  imtixonlar simulyatsion markazning barcha auditoriyalarida kamera nazorati ostida o’tkazildi.

Mutaxassislik fanlari bo’yicha imtixonlar davom etmoqda. Magistratura talabalarining mutaxassislik fanlaridan test sinovlari 30 – 31 yanvar kulari o’tkaziladi.

ADTI axborat xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!