alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Mahallaning sportsevar yoshlari Andijon davlat tibbiyot institutida

16:46 09.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari aholi o‘tasida sog‘lomlashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Institut jamoasi aholini, jumladan uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida institut Talabalar turar joyidagi sport zalida mahalla sportsevar yoshlari uchun barcha sharoitlarni yaratdilar va turli sport musobaqalarini tashkil etishmoqda.
Bugun  Andijon shahrining Ahmad Yassaviy, “Sanoat”, “Namuna” mahallalari yoshlari o‘rtasida sportning tosh ko‘tarish , stol tennis turlari bo‘ycha bahslar o‘tkazildi.

Yoshlarning katta qiziqishi va folligida o‘tgan baxslarni institut i jismoniy tarbiya o‘qituvchilari Z.Abdullayeva , A.Tuychiyev, B.Halilovlar kuzatib va baholab borishdi.
Qiziqarli sport bahslarida ishtirok etgan yoshlar institut ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirishdi va sport bilan muntazam shug‘ullanishga ahd qildilar.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!