Joriy yilning 2-3-mart kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Startup tashabbuslari tanlovining final bosqichi ya’ni Demo-day da Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Ushbu tanlov 2019-yilning oktyabr oyida boshlanib, 2 oy davomida 2 ta bosqichi, keyingi bosqichlari 3 oy davomida bo’lib o’tdi. Ushbu vaqt davomida 600 dan ortiq topshirgan loyihalar har bir bosqichda saralanib bordi. Bu vaqtni ichida ko’plab mentorlar, malakali startupchilar, taniqli ommalashgan loyiha egalari bilan tanishdik, suhbatda bo’ldik. Xususan, CLICK, PAYNET, MyTaxi, Ground zero, LeBazar, Arba.uz, Startupmarket.uz, innogroup, ArzonApteka, Angry birds va boshqa taniqli loyihalarning mualliflari bo’lmish Akmal Payziyev, Aziz Rahimov, Botir Orifjonov, Akmal Salixov, Nigora Akilova va bir qancha tajribali insonlar bilan muloqotda bo’lishga erishdik.
Ular o’zlarining muvafaqqiyat yo’lida qanday to’siqlar uchrashi va ularni qanday yengib o’tish kerakli haqida ma’lumotlar berishdi. Ushbu tanlov doirasida Artur Pak Vartanyan pitch-taqdimot tayyorlash qoidalari, sahna odobi haqida qimmatli trening o’tkazib berdi. Ushbu tanlovning bosh koordinatori Usmon Rahimjonov hisoblanadi. U O’zbekistonga birinchilardan bo’lib Startup tushunchasini olib kirgan insonlardan biri hisoblanadi. Usmon Rahimjonov yurtimiz yoshlaridan chiqayotgan loyihalarni qo’llab-quvvatlash va maslahat berish bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirdi va natijada Startup-tashabbuslari tanlovini joriy qildi.
Hozirga holatga kelib, 4 yil stajga ega ushbu tanlov har yili final bosqichiga yetib kelib, g’alaba qozongan yoshlarga beg’araz pul mukofotlarini bermoqda. Biz ham ushbu tanlovga ko’p yo’lni bosib keldik va o’sha 600 dan ortiq loyihalardan 27 tasi final bosqichini qo’lga kiritdi. Biz ham shu yoshlar qatorida final bosqichida ishtirok etib keldik. Albatta, 50 mln. so’m miqdordagi mukofotni qo’lga kirita olmadik, lekin investor loyihamizga qiziqish uyg’otdi va amaliy yordam qilishini aytdi. Bundan tashqari loyihamiz O’zbekistonning 25ta eng yaxshi startup loyihalari ro’yxatidan joy oldi va xalqaro jurnalda chop etildi. Natijada biz loyihani yanada rivojlantirish uchun astoydil bel bog’ladik.
Hozirda ushbu loyihaning patent hamda ratsionalozatorlk taklif hujjatlarini olish arafasidamiz. Bundan tashqari bizda yana ko’plab loyihalar mavjud. Ulardan biri bu Andijonda Startup markazini ya’ni co-working yoki startup inkubator ochishni rejasini tuzdik. Vodiyda yoshlardan chiqayotgan startup loyihalarni qo’llab-quvvatlash asosiy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi.
Abdurauf Abdurashidov
ADTI pediatriya 3-bosqich talabasi