Marhamat tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Marhamat tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

11:12 25.06.2019

2019- yil 24- iyun kuni aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash, hamda tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari  Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar.

Tibbiy ko‘rikda pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, urolog, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, travmatolog, psixiatr, infeksionist mutaxassislaridan iborat jami 46 nafar malakali professor-o‘qituvchi ishtirok etdi.

Tibbiy ko‘rikka, jami 2475 nafar aholisi qamrab olindi. Ko‘rik davomida 190 nafar fuqaroda  surunkali xastaliklar  aniqlandi va  ularga kerakli maslahatlar berildi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 17 nafar fuqaroning yashash joylariga borib ko‘rilib, kerakli tavsiya va yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 45 nafar fuqaroga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berildi.

Kam ta’minlangan oilalardan 2 nafariga Andijon davlat tibbiyot instituti Umumiy xirurgiya kafedrasi dotsenti B.Matkarimov tomonidan “Xoletsistektomiya qorin bo‘shlig‘ini naychalash” hamda “Umumlashgan usulida ikki tomonlama flebektomiya” tashrixi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosi bo‘yicha 46 nafar amaliyotchi talaba 195 ta xonadonda patronaj va tibbiy madaniyatni oshirish buyicha targ‘ibot olib borishdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!