Андижон давлат tibbiyot institutida Ilmiy Kengashlar zalida “Medical Leaders` Club” taqdimot marosimi bo`lib o`tdi. Bu klub o`z faoliyatini Davolash fakulteti dekani B.Mamatov rahbarligida 2020-yili 10-fevraldan boshlagan va qisqa vaqt mobaynida 900 nafardan ziyod talabani birlashtira oldi. Klubning shiori “To`siqlar osha g`alaba sari”
Ushbu klub yetakchisi davolash fakulteti 326-gurux talabasi Elyorbek To`raboyev. Klub o`zini tarkibiga 34 ta yuqori kurs va fanlarni yaxshi o`zlashtirgan iqtidorli talabalarni o`z ichiga oladi. Klub o`z oldiga talabalar uchun zarur bo`lgan va talabalar tushunishda qiynaladigan tibbiy fundamental fanlarni jahon standartlari darajasida o`rganish. Darslarni yuqori kurs fan olimpidada ishtirok etgan talabalar va fanlarni yaxshi o`zlashtirgan iqtidorli talabalar o`tkazishadi.
Klub taqdimotida davolash fakulteti dekani B.Mamatov va institutning kafedralaridan ma`sullar va talabalar ishtirok etdi. Taqdimot davomida klub yetakchisi va har bir fanning lektorlari yordamida klub faoliyati haqida to`liq ma`lumot berib o`tildi. Hozirgi kunda klub o`z tarkibiga 6 ta fanni – Anatomiya, Gistologiya, Normal fiziologiya, Biologic kimyo, Farmakologiya, Patologiya olgan. Bu fanlardan darslar har hafta 1 ta mavzu ikki marta takrorlangan holatda o`tkaziladi. Darslar asosan ma`ruza va savol-javob tarzida olib boriladi. Darslar dushanbadan jumagacha soat 15:00 dan 17:00 gacha ma`ruza shaklida 17:00 dan 19:00 gacha esa savol-javob shaklida o`tkaziladi.
Klub o`z oldiga talabalararo bilim almashinuvini rivojlantirish, ichki olimpiadalar o`tkazish, ma`lum bir murakkab mexanizmni tanlab shu mexanizmni yoki murakkab mavzuni sodda tilda tushuntirib bera olishni yo`lga qo`yish, jamoaning liderlari bilan professorlar, chet eldan tashrif buyurgan fan doktorlari va chet elda tahsil olayotgan talabalar orasida o`zaro fikr almashinuvni tashkil etish maqsadlari qo`ygan.
Biz klub faoliyatiga omad tilaymiz!
Muslimbek Hoshimov
ADTI Davolash fakulteti 326-gurux talabasi