2018-yil 6-noyabr kuni ADTI ilmiy kengashlar zalida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov ochib, o‘zbek millati, o‘zbek halqi tushunchalari, bularning kelib chiqishi, mamlakatimizdagi millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik siyosati xususida gapirib o‘tdi. Talabalarga tinch-totuv hayot va o‘zaro hamjihat yashash va mehnat qilish asosida katta yutuqlarga erishish, yirik strategik maqsadlarni amalga oshirish barqaror rivojlanish — sivilizatsiyaning garovi ekanligi tushuntirildi. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli madaniy-ma’rifiy va boshqa ishlab chiqarish kabi sohalarda o‘zaro almashinuv hamda birdamlik kun sayin mustahkamlanib borayotganligi quvonarlidir.
Ezgu niyatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirda davolash fakulteti dekani o‘rinbosari U.Karimov, institut psixologi O‘.Arziqulovlar so‘zga chiqib. millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik dolzarb mavzu ekanligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. O‘z navbatida talabalar ham azaldan bag‘rikeng va mehmondo‘st xalqning avlodlar ekanliklarini e’tirof etib, turli millatlar bilan bir tan,bir jon bo‘lib yashash oliy maqsad ekanligini bildirdilar.