alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

NAMANGANLIK ISH BERUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

13:43 08.02.2019

2019- yil  8- fevral kuni  Andijon davlat tibbiyot  institutida  Namangan viloyati  sog‘liqni saqlash boshqarmasi  mutasaddilari bilan bakalavr  va magistratura  yo‘nalishlari  bitiruvchilari  hamda  klinik ordinatorlar bilan ochiq  muloqot o‘tkazildi.  Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, doktorantura va  klinik ordinatura bo‘yicha mas’ul G.To‘raeva, ADTI marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, bitiruvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirni  ADTI rektori  M.Madazimov ochib, mehmonlarni  tanishtirdi.


Shundan so‘ng, Namangan  viloyati  sog‘liqni saqlash  boshqarmasi  birinchi  o‘rinbosari Ulug‘bek  Botirov  so‘zga  chiqib, tibbiyot tizimida  olib borilayotgan  izchil  islohotlar, o‘zgarishlar  haqida gapirdi. Shuningdek, Namangan viloyatidagi ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar  va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot  berdi.


Uchrashuvda Namangan viloyatidagi shahar va tuman tibbiyot birlashmalari mutaxassislari  ham  bu boradagi fikrlarini  bildirdilar.Namanganlik ish beruvchilar bilan   ochiq  muloqot   samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Bitiruvchilar  o‘zlarini  qiziqtirgan  savollariga  batafsil  javob  oldilar.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!