alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Navoiyning ibrat maktabi

11:43 10.02.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida hafta avvalida an’naviy tarzda o‘tkaziladigan «Shukronalik» tadbiri  she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlandi. Institut klinikasi binosida «Shukronalik» tadbiri tramatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi tomonidan o’tkazildi. Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.

Shundan so‘ng kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul o‘qituvchisi F.R.Djalilov yoshlarga hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor, yoshlarni ishga, o‘qishga va tadbirkorlikka  jalb etish, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish — bularning barchasi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlar uchun amalga oshirilayotganligi, bu e’tiborga javoban yoshlarimiz ham sidqidil bidan ta’lim olib, ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishlari zaurligini ta’kidladi. Talabalar yana ham yetuk insonlar bo‘lib el-yurtimizga, ota-onaga, Vatanimizga foyda keltiradigan insonlar bo‘lishlari uchun ulug‘ ajdodlarimiz – Amir Temur, Ibn Sino, Navoiy, Bobur kabi allomalarimizning hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganishlari zarurni aytib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar Navoiy merosining olamshumul ahamiyati, komil shaxs tarbiyasidagi o‘rni haqida fikrlar bildirdilar.
«Shukronalik» tadbiri institut 2-o‘quv binosida O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylandi.

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.Qo‘ziboyeva barchani ulug‘ ajdodlarimizdan biri Alisher Navoiy tavallud kuni bilan qutladi. Tadbirda so‘z olgan kafedra o‘qituvchilari Navoiyning serqirra ijodi, asarlarida ko‘tarilgan insonparvarlik g‘oyalari, yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni xususida fikrlar bildirishdi.

«Shukronalik» tadbiri ishtirokchilari Navoiy hayoti va ijodi nafaqat biz uchun, balki butun dunyo xalqlari uchun ibrat maktabi ekanligi alohida e’tirof etdilar.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!