Bugun, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Shveysariya davlatidagi “Light for sight” jamg‘armasi asoschisi, Toshkentdagi MESCA Foundation-National Eye Institute (Milliy ko‘z instituti) direktori Nikki Hafeziga institutning yangi qurib-bitkazilayotgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi va institut klinikasini tanishtirdi.
Unda institut rektori ushbu yangi o‘quv binosida amalga oshirilayotgan ishlar va unda yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy tibbiy-ta’lim texnologiyalari bilan jihozlanayotganligi haqida aytib o‘tdi. Nikki Hafezi bino dizayni va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori darajada ekanligini e’tirof etdi.
Shuningdek, institut klinikasi bilan bir hududda joylashganligi talabalarning nazariya va amaliyotni birgalikda olib borishlari uchun muhimligini ta’kidladi.
— Men o‘ylaymanki, bu oliy ta’lim muassasasida o‘qib, bilimlarini boyitgan yoshlar kelajakda sohada yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishadi, hamkorlikda ko‘plab ilmiy izlanishlar va yangiliklarni amalga oshiramiz, — dedi, Nikki Hafezi.