2019 — yil 15- may kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga AQShning Nyu-York shahridan tibbiyot fanlari doktori, professor S.Z.Kostko va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institut professori, tibbiyot fanlari doktori G.M.Tulaboevalar tashrif buyurdilar. Nufuzli mehmonlar institut bosh o’quv binosida tantanali ravishda kutib olindi.
Dastlab institut xalqaro hamkorlik bo’limida mehmonlar bilan do’stona va samimiy suhbat bo’lib o’tdi.
So’ngra soha mutaxassislarining Fakultet terapiya va xalq tabobati kafedrasi mudiri, professor M.Xo’jamberdiev, shu kafedra professori Q. Soliyev, 1-UASHT kafedrasi mudiri, professor Z.Salohiddinov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor, professor A.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i, dotsent K.Salohiddinov, VMO va QT fakulteti kafedrasi mudiri G.Nazarovalar ishtirokida ilmiy muloqoti o’tkazildi.
Mehmonlar institut ko’rgazmalar zalidagi qimmatli ma’lumotlar va simulyatsion o’quv markazidagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif doirasida mutaxassislar institut magistrlari, klinik ordinatorlar hamda professor-o’qituvchilari va tinglovchi shifokorlarga kardiologiya va geriatriya yo’nalishlarida ma’ruzalar o’qidilar.