Andijon davlat tibbiyot institutida ayni kunlarda qish mavsumi bo‘lishiga qaramay, ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.
Xo‘jalik bo‘limi xodimlari tomonidan institut hovlisiga, ARM binosi oldiga va gul tuvaklariga 450 tup oq rangli, 450 tup sariq rangli viola gul ko‘chatlari ekildi va o‘tqazildi. Institut bog‘bonlari va xodimlari ushbu gullar parvarishi bilan shug‘ullanmoqdalar.