Andijon davlat tibbiyot instituti fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi va normal fiziologiya kafedrasi bilan hamkorlikda pediatriya fakulteti 516-, 517-guruh talabalari uchun «Chaqaloqlar asfiqsiyasi» mavzusida ochiq integral ma’ruza o‘tkazildi. Unda pedatriya kafedrasi dotsenti Z.Hafizova, fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi dotsenti G.Nuritdinova, katta o’qituvchilar U.Arzibekova, B.Mahmudova va boshqa assistentlar ishtirok etdilar. Ma’ruzachilar — fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri, dotsent B.B.Inakova va normal fiziologiya kafedrasi katta o’qituvchisi M.M.Madumarovalar ushbu kasallikni keng yoritib berdilar.
Ma’ruzada kasallikni etiologiyasi, patogenezi va zamonaviy davosiga oid yangi ma’lumotlardan foydalanildi.Talabalarni bilimini mustahkamlash maqsadida yangi pedagogik tehnologiyalar qo’llanildi va qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Ochiq integral ma’ruza yakunida qatnashchilar va talabalar iliq fikrlarini bildirishdi va bunday tadbirlarni ko’proq o’tkazish kerakligini aytdilar.
Umidaxon Arzibekova
fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasи assistenti