alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayoni masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazildi

16:39 04.07.2020

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn yig‘ilishda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar, o‘quv-uslubiy boshqarma boshliqlari, qabul bo‘yicha mas’ul kotiblar, magistratura qabul jarayoniga mas’ul bo‘lgan xodimlar, jumladan Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati ham ishtirok etdi.

Onlayn yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida korrupsion holatlarni oldini olish masalalariga alohida to‘htalib o‘tdi. Shuningdek yig‘ilish davomida qabul jarayoniga ko‘rilayotgan tayyorlik ishlari, magistraturaga, akademik litseylardagi qabul jarayonini tashkil etish, imtihonlarga nazoratchilarni jalb etish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Onlayn yig‘ilishda qabul jarayonini tashkil etishga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgan oliy ta’lim muassasalari qattiq tanqid ostiga olindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining onlayn yig‘ilishda 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayoniga oid masalalar doimiy nazoratda ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!