alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

ONLAYN VIDEOKONFERENSIYA O‘TKAZILDI

15:23 01.06.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda onlayn videokonferensiya 2020 yil 1- iyun kuni o‘tkazildi. Videokonferensiyada Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, t.f.d., professor X.X.Tursunov “COVID-19 pandemiyasi sharoitida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligini kechishi va davolash hususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi COVID-19 kasalligining arterial gipertoniya va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlardagi o‘ziga hos kechishi va hususiyatlari, hamda e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlari to‘g‘risida qatnashchilarga ma’lumot berib o‘tdi.

Onlayn videokonferensiyada masofaviy konferensiyalarni o‘tkazish uchun aloqa dasturlari – ZOOM platformasi orqali Respublikaning turli hududlaridan COVID-19ga qarshi kurash olib borayotgan mutahassislar ishtirok etishdi.
Onlayn videokonferensiya ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!