alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

O‘zbekiston kelajagiga befarq emasmiz!

17:10 19.12.2019

Ona O‘zbekistonimizning kundan-kunga taraqqiy etib borishi yurtdoshlarimizni yangi-yangi manzillar, ulkan-ulkan yutuqlar sari undamoqda.

Bugun dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida. Bu yilgi saylovlarning “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkazilishida chuqur ma’no bor. Mazkur saylovlarning natijasi va yakunlari yangilanayotgan O‘zbekistonning taqdiri uchun dolzarb ahamiyatga ega. 22-dekabr kuni o‘tkaziladigan saylovlarda qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat’i nazar har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozim.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasining navbatdagi yig‘ilishida institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.Madazimov barchani saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Yig‘ilishda institut professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlarda faollik bilan qatnashish xususida fikrlashib oldi.

Shundan so‘ng jamiyatimizning og‘riqli masalalaridan biri korrupsiyaga qarshi kurash masalasi muhokama qilindi. Institut rektori oq libos sohibi bo‘lgan shifokorlarga korrupsiya – poraxo‘rlik umuman begona bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng institut psixologi O‘.Arziqulov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti Andijon viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan “”Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi ma’ruzani o‘qib eshittirdi. Yig‘ilishda mazkur boshqarma tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Videorolikda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatchilikning ayanchli oqibatlari, tibbiyot sohasida sodir etilgan korrupsiya – poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoiy holatlar tahlil etildi.

Vidorolikdan so‘ng Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti Andijon viloyat boshqarmasi tezkor bo‘lim xodimi B.Sodiqov so‘zga chiqib korrupsiyaga olib keluvchi holatlar, ta’magirlik, poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqbuzarlik holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari haqida ma’lumot berdi. Korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan qonun hujjatlari bilan tanishtirib o‘tdi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar korrupsiyaga qarshi kurash borasida fikr bildirar ekanlar, tibbiyotga korrupsiya – poraxo‘rlikning aralashishi achinarli hol ekanligini e’tirof etdilar.

Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidentimiz boshchiligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar birinchi galda odamlarning siyosiy ongini va dunyoqarashini o‘zgartirmoqda. Bugun har bir fuqaro o‘z haq-huquqini yaxshi biladi, davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita ishtirok etib har qanday masalada o‘zining shaxsiy fikriga ega.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasining navbatdagi yig‘ilishi ishtirokchilari bugun har birimiz jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz zarurligini, O‘zbekiston kelajagiga befarq emasliklarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!