O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” Farmonining Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar deb nomlangan beshinchi yo‘nalishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida 2019 yil 30 may kuni viloyat musiqali teatri binosida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostidagi festivalning yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Festivalni viloyat hokimining o‘rinbosari S.Toshboyev ochib barcha ishtirokchilarni samimiy tabrikladi. Unda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 5 ta uyg‘ur, koreys, qirg‘iz, qozoq va rus milliy madaniy markazi faollari tamonidan tayyorlangan badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Festivalda Andijon davlat tibbiyot institutining 300 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etdilar.