alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

“O‘zbekistonda hech bir inson, hech bir oila davlatimiz va jamiyatimiz e’tibori va g‘amxo‘rligidan chetda qolmaydi!”

12:20 04.04.2020

MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi avvalida yana bir bor xalqimizga qilgan murojaatida har bir fikr, har bir faktni kuyinchaklik bilan aytib o‘tdilar. Prezidentimizning:  “O‘zbekistonda hech bir inson, hech bir oila davlatimiz va jamiyatimiz e’tibori va g‘amxo‘rligidan chetda qolmaydi!”, — degan so‘zlarining isboti hozirgi kunda olib borilayotgan har bir chora-tadbirda yaqqol ko‘rinib turibdi.
Davlatimiz rahbari o‘z murojaatida yoshlarimizga – talabalarimizga yana bir bor e’tibor qaratdi. Prezidentimiz: “Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor o‘tkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan o‘zlashtiring. Kitob o‘qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang”, — deganlarida o‘zbek xalqining o‘z farzandlariga bo‘lgan butun mehri namoyon bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu murojaatga javoban yoshlarimiz – talabalarimiz ham ulkan-ulkan yutuqlarni, g‘alabalarini Prezidentimizga, xalqimizga taqdim etishlariga ishonaman. Chunki ta’lim muassasalari tomonidan ham bugungi kunda maktab o‘quvchilari, talabalarning chuqur bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdan tashqari ta’til davomida talabalarning bilim olishlari uchun masofaviy ta’lim dasturlari uchun “I-EDU Group” malakaliy xalqaro mutaxassislari bilan birgalikda 2 hafta ichida 699 Gega bayt hajmdagi 118 mingta  o‘quv-uslubiy hujjatlar, shundan sohaga oid 17 ming nomdagi o‘quv adabiyotlari, 30 nomdagi o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, 2451 dona video ma’ruzalar, 802 ta audio ma’ruza, hamda 13 mingta taqdimot, 80 ming dona test savollar banki joylashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bunda, 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 540 ta fan mavjud, jami 5300 nafar, shundan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 4320 nafar, magistratura mutaxassiliklaridan 387 nafarga masofaviy va mustaqil ta’lim olish orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlari uchun sharoit yaratildi.
Masofaviy o‘quv jarayonini boshqarish uchun http://e-univer.adti.uz/ platformasi joriy etildi.
Men ishonamanki, talabalarimiz masofaviy ta’lim tizimidan unumli foydalanadilar va malakali shifokor bo‘lishga erishadilar. Prezidentimizning Murojaatlaridagi shifokorlarga bildirilgan minnaddorchilik so‘zlari talabalarimizning bu harakatlari, intilishlariga asos bo‘ladi.
Prezidentimizning Zangiota tumanida qurilayotgan virusologiya shifoxonasi, diagnostika, davolash, karantin ishlarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari hamda ilg‘or xorijiy tajribalarga tayanib amalga oshirilayotganligi, mamlakatimizga taklif etilayotgan xorijlik mutaxassislar haqidagi fikrlari biz tibbiyotchilarga o‘z kasbimizga yanada mehr, sadoqat bilan qarashga undaydi.
Yana shuni aytib o‘tish kerakki, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, kasallikni mahallamizga, uyimizga, oilamizga kirmaslik uchun eng avvalo o‘zimiz mas’ulmiz. Gigienaga asoslangan kundalik turmush tarzi, milliy urf-odatlar bu kasallikni yengishda juda muhim omil. Bu borada Prezidentimiz “yapon fenomeni”ni juda to‘g‘ri keltirdi.
Biz milliy qadriyatlarimiz  – qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib salomlashish, uyga mehmon kelganda qo‘lga suv quyish, jamoat joylarida masofani ushlash, meva-sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish kabi urf-odatlarimizni yanada mustahkamlashimiz zarur. Har birimiz kundalik yumushlarimizda xavfsizlik va sanitariya qoidalariga to‘la amal qilishimiz zarur.
Xalqimiz kuchli, tadbirkor, dono xalq. Prezidentimiz Murojaatlarida ta’kidlaganlaridek: “Hammamiz yanada jipslashib, sabr-matonatli bo‘lsak, shifokorlar tavsiyalariga to‘liq amal qilsak, albatta, bu kasallikni tezroq yengib o‘tamiz!”

M.M.Madazimov,

ADTI rektori, professor.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!