O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909 — sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasi Germaniyaning “Berlin-Xemi” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Perioperatsion davrdagi og‘riqlantirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni Toshkent tibbiyot akademiyasi professori, O‘zbekiston Respublikasi Shoshilinch yordam markazi direktori, t.f.d. Vicheslav Ervandovich Avakov o‘tkazdi.
Seminarda RSHTYOIM AF shifokorlari, ADTI anesteziologiya reanimatologiya kafedrasini xodimlari, viloyat davolash profilaktika muassasalari shifokorlari, magistr va klinik ordinatorlar ishtirok etdilar.