alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Pediatriya fakulteti professor-o‘qituvchilari Jalalquduqda

14:13 21.10.2019

Andijon davlat tibbiyot institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari  Jalolquduq tumanidagi 17-umumta’lim maktabiga tashrif  buyurdilar.

Umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda pedagog-xodimlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelgan institut  pediatriya fakulteti dekani A.Gofurov boshchilidagi institut ishchi guruhiga Jalolquduq  tuman XTB mas’ul xodimlari hamrohlik qildilar. Ular Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan  5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etdilar.

Maktab o‘quvchilari ADTI jamoasiga barcha yo’nalishlar bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish qilishdi. Jonajon Vatan, ota-ona, tinchlik va do’stlikni, baxtiyor bolalikni madh etuvchi dilrabo q’o‘shiq va jozibali raqslarni ijro etishdi, o’zlarining aktyorlik mahoratlarini ko‘rsatishdi.

Professor-o‘qituvchilar o‘quvchilarning qo‘l mehnati asosida tayyorlagan ko‘rgazmalarini ham tomosha qilishib, o‘quvchilarning san’atiga, mahoratiga yuqori baho berdilar.

Karimjon Yulchiyv,

pediatriya fakulteti dekan o’rinbosari

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!