alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

PORTUGALIYANING SETUBAL POLITEXNIKA INSTITUTI PROFESSORLARI TOMONIDAN “TIBBIYOT SOHASIDA TRIBOLOGIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI” MAVZUSIDAGI O‘QUV KURSI YAKUNLANDI

13:36 24.05.2019

2019-yil  21–24-may  kunlari Andijon davlat tibbiyot institutida   Portugaliyaning Setubal  politexnika  instituti professori Selio  Gabriel Figueiredo Pina  tomonidan “Tibbiyot sohasida tribologiyaning o‘rni” mavzusida  xalqaro o‘quv  kursi  mashg‘ulotlari  bo‘lib o‘tdi.


Mashғulotlarni ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori G’.Xodjimatov ochib,  o’quv kursining yuqori saviyada olib borilayotganligi    to’g’risida   fikr bildirib, so’zni Andijon mashinasozlik instituti  o’quv ishlari bo’yicha prorektori Қ.Ermatovga berdi. U ‘quv kursining ahamiyati, tibbiyot injineriyasining soha  rivojidagi beqiyos o‘rni xususida  gapirib o’tdi.

Professorlarning kurs davomida o‘qigan “Teri tribologiyasi”, “Tish tribologiyasi”, “Bo‘g‘im tiribologiyasi” va   “Boshqa tizimlar tribologiyasi” mavzularidagi ma’ruzalari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shu kuni o‘quv kursining yakuniga bag‘ishlangan  tantana bo‘lib o‘tdi. Tantanada portugaliyalik profeesor Rikardo Migel Domes Simoes Baptisna ham ishtirok etdi. ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori G’.Xodjimatov va Andijon mashinasozlik instituti  prorektori  Q.Ermatovlar so‘z olib,  o‘quv kursining ahamiyati, tibbiyot injineriyasining soha  rivojidagi beqiyos o‘rni haqida  gapirib, professorlarga minnatdorchilik bildirdilar.

ADTI  ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.Xodjimatov  o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlangani bilan  barchani qutlab,  mutaxassislarning olgan bilim va ko‘nikmalari kelgusi faoliyatida qo‘l kelishi xususida  o‘z fikr-mulohazalarini aytdi.

Shuningdek, u  kurs  ma’ruzachilari Selio  Gabriel Figueiredo Pina  hamda Rikardo Migel Domes Simoes Baptisnalarga institut ma’muriyati va barcha tinglovchilar nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi. Portugaliyalik professorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yakunda tinglovchilarga  tantanali ravishda  sertifikatlar topshirildi.


Xalqaro o‘quv kursida   profesor-o‘qituvchi, magistr, klinik ordinator va  Farg‘ona vodiysi miqyosida tibbiy texnika va  yuqori texnologiyalar bilan ishlovchi   mutaxassislar ishtirok etib, xalqaro sertifikatga ega bo‘ldilar.


Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!