alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Prezidentimiz  Murojaatnomasi ulkan vazifalar yuklaydi

18:12 30.01.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining 2-ma’ruzalar zalida Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti  professor-o‘qituvchilari hamda taxsil olayotgan kursantlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasini o‘rganish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasining O‘zbekiston Respublikasi milliy televideniyasi tomonidan tayyorlangan videoroligi namoyish etildi.

Fakultet dekani X.X.Tursunov yig‘ilganlarga Prezidentimizning murojaatnomasidan kelib chiqib, har bir kafedra professor- o‘qituvchilari  hamda shifokorlar o‘z ishlash uslubini qayta ko‘rib chiqishi va o‘ziga tegishli xulosa chiqarib, o‘zining yo‘l xaritasini ishlab chiqishi kerakligi haqida ko‘rsatma berdi.

Joriy yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”  deb nomlanishi  oldimizga ulkan vazifalar qo‘yishini takidladi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

J.M. Xudayberdiev,

G.Adilova

Varachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekan o‘rinbosarlari

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!