Pandemiya sharoitida ADTI da 2020 yil 8 iyun kunidan boshlab talabalar uchun yaratilgan masofaviy o’qitish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida institutning modul platformasida 10 ta kanal tashkil qilinib, ZOOM dasturi yordamida professor-o’qituvchilar tomonidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar tashkil etilib kelinmoqda.
2020-yil 9-iyun kuni Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi dotsenti R.Ubaydullayev davolash fakulteti 1 kurs talabalariga anatomiya fanidan “Osteologiya” mavzusida onlayn ma’ruza o’qidi.
Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti R.Yuldashev pediatriya fakulteti 2 urs talabalariga ichki kasalliklar fanidan “Ichki kasalliklar propedevtikasiga kirish, maqsad va vazifalari, kasallik tarixi” mavzusida onlayn ma’ruza o’qidi.
Tibbiy biologiya va gistalogiya kafedrasi mudiri dotsent R.Raxmonov kasb ta’limi yo’nalishi 1 kurs talabalariga gistologiya fanidan “Biriktiruvchi to’qima” mavzusida onlayn ma’ruza o’qidi.
Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri professor SH.Xamraquliv oliy xamshiralik ishi yo’nalishi 1 kurs talabalariga patologik fiziologiya fanidan “Yallig’lanish patofiztologiyasi” mavzusida onlayn ma’ruza o’qidi. Ushbu kafedraning dotsenti M.Madumarova kasb ta’limi yo’nalishi 2 kurs talabalariga patologik fiziologiya fanidan “Allergik reaktivlik” mavzusida onlayn ma’ruza o’qidi.
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti M.Abduraxmonova tibbiy profilaktika yo’nalishi 1 kurs talabalariga lotin tili va terminologiyasi fanidan “Kimyoviy elementlar va kislota nomlari” mavzusida onlayn ma’ruza o’qidi.
Biologik fizika, informatika, tibbiy texnologiyalar kafedrasi dotsenti Sh.Gulamov farmaseftika yo’nalishi 1 kurs talabalariga biofizika fanidan “Mexanik harakat, kinematika va dinamika” mavzusida onlayn ma’ruza o’qidi.