PROFESSORLAR M.ALIYEV VA O.OLLOBERGANOVLAR ISHTIROKIDA MAHORAT DARSLARI — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

PROFESSORLAR M.ALIYEV VA O.OLLOBERGANOVLAR ISHTIROKIDA MAHORAT DARSLARI

09:53 20.05.2019

Bolalar jarrohligi va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasida 2019- yil 17-18- may kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fakultet bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri professor Maxmud Aliyev va kafedra professori Odilbek Olloberganovlar ishtirokida mahorat darslari va tashrixlar o’tkazildi.
Mahorat darslari bolalar xirurgiyasidagi dolzarb muammolar, jumladan bolalarda jigar va o’t yo’llari tug’ma kasalliklari, Girshprung xastaligi va anorektal rivojlanish nuqsonlari, o’tkir qorin sindromi va exinokok xastaligi mavzularida olib borildi.

Professorlar Maxmud Aliyev va Odilbek Olloberganovlar kafedra xodimlari, viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbyot markazi shifokorlari, magistr va klinik ordinatorlar hamda 4-5 kurs pediatriya fakulteti talabalarining savollariga javob berdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!