Andijon davlat tibbiyot insituti рsixiatriya va narkologiya kafedrasi dotsenti А.А.Mirzayev «Tafakkur va uning buzilishlari. Intellekt patologiyasi. Sindromlari. Oligofreniya.» mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Unda davolash fakulteti 5-kurs talabalari ishtirok etishdi.
Ma’ruzachi o’z ma’ruzasida tafakkur doirasi insonning eng oliy integrativ funksiyali ruhiy doirasi ekanligini, uning buzilishlari esa bugungi kunda ko’plab uchrayotgan ruhiy kasalliklarning asosiy simptomi ekanligiga urg’u berib o’tdi. Ochiq ma’ruza juda qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Ma’ruza yakunida qatnashchilar o’z fikrlarini bildirdilar va bunday tadbirlarni ko’proq o’tkazish kerakligini aytib o’tdilar.