alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

QABUL JARAYONI: yangiliklar va o‘zgarishlar

13:26 06.07.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida 2020-2021 o‘quv yilida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha:

  • Davolash ishi;
  • Pediatriya;
  • Kasbiy ta’lim;
  • Stomatologiya;
  • Farmatsiya;
  • Tibbiy-profilaktika;
  • Oliy xamshiralik ishi
  • Xalq tabobati yo‘nalishlari bo‘yicha qabul jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, 3 ta qo‘shma dastur — Dog‘iston Davlat tibbiyot universiteti – stomatologiya yo‘nalishi va Ural Davlat tibbiyot universiteti – pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, Germaniyaning Rostok universitetining “Meditsina biotexnologiyasi” bo‘yicha magistraturaga oid qabul amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda qabulga oid muhim yangiliklar shundan iboratki, hujjatlar qabuli 20 iyundan 20 iyulgacha onlayn tarzda Davlat test markazi va Davlat xizmatlari agentligi maxsus saytlari (my.gov.uz va abitur.dtm.uz) orqali qabul qilinmoqda.
Imtihonlar karantin cheklovlari davom etgan taqdirda sanitariya-epidemiologik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 1 avgustdan – 20 avgust oralig‘ida 3 smenada tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Abiturientlar 700 kishilik sig‘imga ega bo‘lgan binolarda tana haroratlari qat’iy nazorat qilingan, tibbiy niqob va qo‘lqop taqqan holda va barcha karantin qoidalariga amal qilingan holda kiritiladi. SHuningdek, har bir abiturient uchun 3 m2 maydon qat’iy belgilanadi. Mazkur binolar kuniga 4 marotaba dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining  ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida o‘tkazilgan “Offlayn brifing”da ta’kidlanganidek, abiturientlarda 5 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati saqlanadi. Bu yil istisno tariqasida test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi. Ikkita fandan 30 tadan test savoli beriladi. 1-blokda har bir to‘g‘ri javobga 3,2 ball, 2-blokda щar bir to‘g‘ri javobga 3,1 balldan beriladi. Maksimal ball – 189. Imtihon jarayoni jonli translyasiya qilib boriladi.
Bu yilgi qabul jarayonlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish yuzasidan institut ma’muriyatiga juda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Murojaat etgan fuqarolarga shuni yodda tutishlarini eslatib o‘tmoqchimizki,  qabul jarayonlari qonun talablari asosida yanada shaffof va adolatli tashkil etilib, abiturient va talabalarga har tomonlama sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.

                                                                                                      K.MIRZAYEV,

    ADTI ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i 

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!