alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Qishloq vrachlik punktida mahorat darsi

11:49 03.03.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Odiljon Salohiddinov Andijon tumanining Kuyganyor qishloq vrachlik punktida (QVP) “QVP sharoitida arterial gipertoniyani barvaqt aniqlash , davolash va oldini olish yo’llari “ mavzusida mahorat darsi — master klass o’tkazdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Avval professor O. Salohiddinov hozirda arterial gipertoniyani (AG) aholi orasida ko’p tarqalganligini , uning asorati bo’lmish miokard infarkti, miya insultidan bevaqt o’limni ko’p uchrayotganligini ta’kidlab, bu kasallikni qishloq sharoitida tibbiyotning birlamchi bo’g’ini bo’lgan  QVPlarda barvaqt aniqlash , davolash va oldini olish dolzarbligini bayon etdi .
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Professor O.Salohiddinov vrach va patronaj hamshiralar o’ziga biriktirilgan aholisi o’rtasida bu kasallikning profilaktikasi, sog’lom turush tarzi va to’g’ri ovqatlanish masalalariga e’tibor qaratilgan sanitariya –maorif ishlarini olib borishlarini ta’kidladi.     Tadbir davomida professor tibbiyot hodimlari tomonidan berilgan savollarga kerakli javoblar berdi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!