O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusni ijrosini ta’minlash maqsadida, birinchi tashabbus, ya’ni yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida Tillar, pedagogika va psixolgiya kafedrasida “Raqslar guldastasi ” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda davolash, pediatriya, stomatologiya fakulteti talabalari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida kasb ta’limi yo‘nalishi mas’uli D.Sh.Xasanov so‘zga chiqib, Respublikamizda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar xaqida gapirib, talabalarni shunga javoban a’lo o‘qishga va jamoat ishlarida faol bulishga chaqirdi.
Shundan keyin raqslar raqslarga ulanib, bayram tadbiri boshlandi. Pediatriya fakulteti 208- gurux talabasi Sabina Sultonovaning milliy raqsi, davolash fakultetidan Moxinur To‘lqunova ispancha raqsi, stomatologiya fakulteti talabalari Muxammadmaruf Valiev va Dildora Zokirjonova lezginka raqslari olqishlar bilan kutib olindi.
Yoshlar raqs bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatgan tadbir yakunida talabalar va o‘qituvchilar ijrosida ommaviy raqs ijro etildi.
Gavxaroy Minavarova
Tillar, pedagogika va psixolgiya kafedrasi o‘qituvchisi