2019 -yil 31-may kuni ADTI talabalar turar joyidagi sport zalida reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning — Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ikkinchi tashabbus ijrosini ta’minlash hamda 1-iyun -Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Shu kuni mahallalardagi bolajonlar sportning mini futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasida faol qatnashdilar. Mini futbol musobaqasi qiziqarli va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tdi.
Ushbu sport tadbiriga Andijon shahrining , “Ahmad Yassaviy”, “Qizil quyosh”, “O‘zbekiston”, “Dilkushod”, “Yangilanish” MFYlarining uyushmagan yoshlari qamrab olindi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, “Ahmad Yassaviy” MFY jamoasi 1-, “Yangilanish” MFY jamoasi 2-, “O‘zbekiston” MFY jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.
G‘olib jamoalarga va barcha qatnashchilarga diplomlar taqdim etildi. Shuningdek, “Ahmad Yassaviy” MFY bolajonlari “Rektor kubogi”ga ega bo‘ldilar.