2019-yil 12-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya kafedrasi boshchiligida Andijon shahar “Bog’ishamol” mehmonxonasi ma’ruzalar zalida tashkil etilgan Rossiya davlati Sankt-Peterburg ilmiy akademiyasining inson miyasi intitutining ruhiy rivojlanish va adaptasiyasini korreksiyalash labaratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor, oliy toifali vrach-nevrolog, psixoterapevt Chutko Leonid Semenovich ishtirokida “Когнитивные расстройства у детей и взрослых. Особенности и аспекты лечения с позиций современной медицины” mavzusida ma’ruza bo’lib o’tdi.
Anjuman davomida dotsent U.T.Abduqodirov yuqoridagi mavzu orqali hozirgi kunda keng tarqalgan nevrologik kasalliklarga O’zbekiston mutaxasislari zamonaviy yondashuvi, isbotlangan tibbiyot asosida davolash usullarini rivojlantirish haqida so’zlab o’tdi.
Konferensiya soha mutaxassislari uchun qiziqarli bahs-munozaralarga boy bo’ldi.