Andijon davlat tibbiyot insituti qoshidagi konsultativ-metodik neyroxirurgiya markaziga, shartnomaviy reja asosida, 2019-yil 10-noyabrdan 19-noyabrgacha Rossiya Federatsiyasi akademik N.N.Burdenko nomli Neyroxirurgiya milliy tibbiy ilmiy markazidan etakchi mutaxasis, ,,Voprosы neyroxirurgii“ jurnali ma’sul redaktori A.V.Kozlov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida stomatologiya fakulteti 4-kurs talabalariga Neyroxirurgiya fanidan na’munaviy rejada ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha o‘quv-ilmiy ma’ruza o‘qidi.
Rossiyalik neyroxirurg tashrif davomida 20 dan ortiq bemorlarni yuqori malakali ko‘rikdan o‘tkazdi. 5 ta bemorda mahorat darsi sifatida operatsiyalar bajardi.
Tashrif vaqtida Konsultativ-metodik markazga tashxislarda yuqori malakali va sifatli natijalarga erishishi uchun asbob-ash’yolar takdim etdi.
K.A.Kuldashev
ADTI qoshidagi Neyroxirurgiya konsultativ
metodik markazi koordinatori, dotsent