SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA O‘TKAZILGAN ANJUMANDA TALABALARIMIZ KATTA YUTUQLARNI QO‘LGA KIRITDILAR — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA O‘TKAZILGAN ANJUMANDA TALABALARIMIZ KATTA YUTUQLARNI QO‘LGA KIRITDILAR

16:41 20.05.2019

2019-yil 16-17 may kunlari Andijon davlat tibbiyot institutining bir guruh talabalari Gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi assistenti H.Xonkeldieva rahbarligida  Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan  xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyada ishtirok etib qaytdilar.

“Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan 73- an’anaviy xalqaro konferensiya ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda  talabalarimiz muvaffaqiyat qozondilar. Davolash fakulteti talabasi T.Tojiboev faxrli 1 – o‘rinni egalladi. Shuningdek, magistratura yo‘nalishi talabalari — A.Nuriddinov 2-, Sh.Ahmadaliev 3-, davolash fakulteti talabasi T.Baxriddinov 2-o‘rin, pediatriya fakulteti talabalari I.Sobirov , A.Abdurashidov 2-, A.Azimov 3-o‘rinni egalladilar.

Xorijiy olimlar ishtirokida o‘tgan anjuman taassurotlarga boy bo‘lib, qatnashchilar ko‘hna va hamisha navqiron shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!