alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Samarqand taassurotlari

17:26 17.02.2020

Yodingizda bo‘lsa, Andijon davlat tibbiyot institutda ingliz tilida tanlov o‘tkazilgan bo‘lib, tanlovda ishtirok etgan uch jamoa – 18 nafar ishtirokchining barchasi 1-o‘rin uchun tayyorlangan yutuqqa erishigan – Samarqand shahriga sayyohatga boradigan bo‘lgan edi.


Andijon davlat tibbiyot institutida mehnat qilayotgan professor-o‘qituchilarning xorijiy tillarni, jumladan ingliz tilini qaydarajada bilishlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovda terapiya, pediatriya, tibbiy biologiya yo‘nalishlaridan 5 nafardan o‘qituvchilar 1 tadan ingliz tili fani o‘qituvchisi rahbarligida 3 jamoaga birlashgan holda o‘zaro bellashgan edilar.


Tanlov shartlarida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgani surilgan 5 ta muhim tashabbas talabalari e’tiborga olingan bo‘lib, ishtirokchilarning adabiyot, san’at, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi e’tiborga olingan, barcha shartlar ingliz tilida bajarilgan edi. Ingliz tilida mahorat bilan bellashgan institut o‘qituvchilari kuni kecha Samarqand safaridan qaytdilar.

Ular uch kun davomida Imom Ismoil Al-Buxoriy ziyoratgohi, “Hazrati Hizr” masjidi, Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor, “Go‘ri Amir” maqbaralarida bo‘ldilar. Registon maydoni, Bibixonim maqbarasi va masjidi, “Shoxi Zinda” ansambli sayohatchilarimizda katta taasurot qoldirdi.


Andijon davlat tibbiyot instituti o‘qituvchilarida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov qabrini ziyorat qildilar.
Institut jamoasi “Afrosiyob” muzeyida bo‘lishib o‘lkamiz tarixi bilan yaqindan tanishdilar.


Samarqand davlat tibbiyot institutiga qilingan tashrif davomida esa o‘qituvchilarimiz samarqandlik hamkasblari bilan ta’lim samaradorligini oshirish borasida uzoq suhbatlashdilar, o‘zaro fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Xalqimizda “Bilimli mingni engar …” degan gap bor. SHu gapga bugungi kunda “Bilimli o‘z bilimi bilan dunyo kezar” degan gapni qo‘shib qo‘ysak ham bo‘laveradi. Hamkasblarimizning Samarqandga sayohati fikrimizning isboti. Ularning Samarqanddan olgan taassrotlari esa dunyolarga sig‘maydi.

 Gavharoy Minavarova,

ADTI o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!