2-DIMIning 30 dan ziyod 10-, 11-sinf o‘quvchilariga maktab psixologi G.G‘iyosova, tarbiyachi G‘.Rahimovalar hamrohlik qilishdi.
Maktab o‘quvchilarini davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov boshchiligida institut jamoasi samimiy kutib oldilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar institut tarixi, o‘quv jaryoni, talabalar erishayotgan yutuqlar bilan, simulyatsion o‘quv markazi, muzeylari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif yakunida kelajakda shifokorlik kasbini tanlashga ahd qilgan o‘quvchilar institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.
ADTI axborot xizmati