Andijon davlat tibbiyot instituti psixiatriya va narkologiya kafedrasida kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori professor M.L.Agranovskiy boshchiligida, Hindistonning Sharda Universiteti rektori, professor Anviti Gupta ishtirokida «Johari window» mavzusida ma’ruza sikli bo‘lib o‘tdi.
Unda kafedra professor-o’qituvchilari, tayanch doktorantlar, magistr va klinik ordinatorlar, davolash fakultetining 521-, 522-, 523-guruh talabalari ishtirok etdi.
Ma’ruzalar siklida psihologik model bo’lgan Johari oynasi usulining mazmun-mohiyati ma’ruzachi tomonidan yoritib berildi.
Ingliz tilida o‘qilgan ma’ruzalar sikli qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.