SHIFOKOR QASAMYODI TANTANASI BO‘LIB O‘TDI — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

SHIFOKOR QASAMYODI TANTANASI BO‘LIB O‘TDI

17:47 28.06.2019

2019 yil 28 iyun kuni Andijon shahridagi YOshlar  markazi Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari, ularning ota-onalari, yaqinlari hamda mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi.


Markazning bayramona bezatilgan tantanalar zalida bitiruv kechasi tadbiri tashkil etildi. Tantanali tadbirni institut rektori M.Madazimov ochib, barcha bitiruvchilarni unutilmas va quvonchli kun bilan qizg‘in muborakbod etdi va kechani ochib berdi. SHundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.


Tantanaga tashrif buyurgan viloyat hokimi, senator  SH.Abdurahmonov ham bitiruvchilarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, ularga “oq yo‘l” tiladi.


SHundan so‘ng, dotsent B.Abdullajonov davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlari, tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari    bo‘yicha bitiruvchilar to‘g‘risidagi buyruqni o‘qib eshittirdi.


Viloyat hokimi SH.Abdurahmonov, institut rektori M.Madazimovlar bitiruvchilarga tantanali ravishda imtiyozli diplomlar va “Magistrlik  diplomi”ni topshirdilar.




Bo‘lg‘usi shifokorlar o‘z oldilarida turgan mas’uliyatli va sharafli vazifalariga kirishishlaridan oldin  ish faoliyatlari davomida vijdonan, halol mehnat qilib, xalq salomatligi yo‘lida borki kuch-g‘ayratini ayamasliklari uchun “O‘zbekiston Respublikasi shifokori qasamyodi”ni qabul qildilar.


Tantanali tadbirda  1- UASH tayyorlash kafedrasi mudiri, professor Z,Salohiddinov, ota-onalardan SH.Karimova bitiruvchilarga  ezgu tilaklarini bildirdilar. Bitiruvchilardan A.Rustamjonov G.Inamovalar o‘z tengdoshlariga samimiy qutlovlarini  bildirdilar.




Bitiruv kechasi katta bayram shodiyonasiga aylanib ketdi. Bitiruvchi yoshlar va ota-onalarning yuz-ko‘zlaridagi hayajon va quvonch atrofdagi barcha yurtdoshlarimizga ham ko‘chdi. SHo‘x-shodon musiqa va qo‘shiqlar jarang sochib, bitiruvchilar yayrab raqsga tushdilar.


Quvonchli onlarga, dilbar lahzalarga to‘liq bo‘lgan ushbu kun barcha bitiruvchilar qalbida bir umrga  muhrlanib qoldi.                   

Skip to content Click to listen highlighted text!