Shifokor- tinglovchilar uchun ochiq ma’ruza o‘tkazildi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Shifokor- tinglovchilar uchun ochiq ma’ruza o‘tkazildi

16:00 19.02.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi ma’ruzalar zalida  Vrachlar malakasini  oshirish va qayta  tayyorlash fakulteti tibbiy radiologiya va onkologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Nasrullo Hakimovning ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Dotsent N.Hakimov “Gepatobiliar tizim a’zolari ultratovush anatomiyasi va tekshiruv texnologiyasi” mavzusida ma’ruza qilib, kursantlarga dastlab jigar to‘g‘risida anatomik tushuncha berdi. Shuningdek, jigarning exografik belgilari, o‘lchamlari, tomirlari, bo‘lak va segmentlarini ultratovush orqali ko‘rish va xulosalash  borasida gapirdi.

Ochiq  ma’ruza davomida shifokor-tinglovchilarga  mavzuni  tushunarli tarzda yetkazib berishda yangi zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanildi.

Ma’ruza yakunida  mavzu yuzasidan savol-javoblar bo‘ldi hamda kursantlarning  dars davomida olgan bilimlari noan’anaviy usullar orqali baholandi.
 

Skip to content Click to listen highlighted text!