Andijon davlat tibbiyot insituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Travmatologiya — ortopediya, neyroxirurgiya, onkologiya, otorinolaringologiya va urologiya kafedrasida “O’rta quloq kasalliklarini qiyosiy tashxislashda amaliy ko’nikmalar o’tkazish” mavzusida ochiq amaliy mashgu’lot darsi o’tkazildi. Mashg’ulotni otorinolaringologiya kursi katta o’qituvchisi Nigora Ergashevna Madaminova 1 guruh malakasini oshirish kursantlari bilan olib bordi.
Qatnashchilar: VMO va QTF uslubchisi J. M. Xudayberdiyev, davolash fakulteti otorinolaringologiya kafedrasi dotsenti Z. K. Norboyev, travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya, onkologiya, otorinolaringologiya va urologiya kafedrasi mudiri M. I. Qosimho’jayev, assistentlar va shifokor- tinglovchilar. Dars mobaynida simulyatsiya markazidagi mulyajlaridan keng foydalanib, amaliy ko’nikmalar bajarildi.
Darsda interaktiv pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Kursantlardan S. Qahhorov, S.Usmonovalar otoskopdan foydalanish, N.Umarov, Sh.Zohidovlar audiometriya amaliyotini bajardilar. A. Shodimatov bemorda amaliyot o’tkazdi.
Shifokor–tinglovchilar o’tkazilgan so’rovnomada simulyatsiya markazida dars jarayoni qiziqarli o’tqanini va yangiliklardan boxabar bo’lganliklarini, bu amaliy ko’nikmalarni ish faoliyatida amaliyotga keng qo’llashlarini aytdilar.