Stomatologiya fakulteti bitiruvchilariga yakuniy davlat attestatsiyasining amaliyot imtihoni bo‘lib o‘tdi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Stomatologiya fakulteti bitiruvchilariga yakuniy davlat attestatsiyasining amaliyot imtihoni bo‘lib o‘tdi

17:14 04.06.2019

2019-yil 4-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti simulyatsion markazida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining buyrug‘iga asosan stomatologiya fakulteti bitiruvchi 5-kurs talabalariga yakuniy davlat attestatsiyasining amaliyot imtihoni bo‘lib o‘tdi.
 

Yakuniy davlat attestatsiyasi TDSI Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi dotsenti, t.f.d. A.I.Xasanov raisligida o`tdi. Attestatsiya jarayonini institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.Sh.Arziqulov, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshligi G.To’ychiev, stomatologiya fakulteti dekani D.SH.Tulanov hamda mutaxassislar kuzatib bordilar.

Stomatologiya yo`nalishi o`qituvchilari yakuniy davlat attestatsiyasining amaliyot imtihonini shaffof va adolatli o`tishini ta`minladilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!