Andijon davlat tibbiyot instituti gospital terapiya kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 19- apreldagi PQ — 4295 sonli qarori asosida ishlab chiqilgan “2019-2021- yillarda Respublika aholisiga endokrinologiya yordamini ko‘rsatishni takomillashtirish Milliy dasturi” ni amalga oshirish maqsadida “Andijon tibbiy diagnostika” markazi bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi hamda prediabetni erta bosqichda aniqlash maqsadida 2019- yil 13- iyun kuni Andijon tibbiy diagnostika markazida bepul profilaktik tibbiy tekshiruvlar o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida kafedra mudiri Sh.Yusupova, katta o‘qituvchi X.Chartakova, assistent V.Muxamedova hamda endokrinologiya yo‘nalishi klinik ordinatorlari tomonidan ko‘plab fuqarolar tekshiruvdan o‘tkazildi.
So’rovnoma orqali xavf guruhidagilar ajratib olindi hamda ularda qonda qand miqdori bepul tekshirildi, natijalarga asosan ularga kerakli maslahatlar berildi.